Universitetda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida

Universitetda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil l0 dekabrda qabul qilingan “lqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda energetika sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi mudiri Dilshod Qodirov, kafedra professori Obid Tursunov va dotsent Sirojiddin Xushiyevlar 2022-yil 28-martdan 15-aprelgacha Yevropaning Polsha, Avstriya va shu kabi ilm-fan rivojlangan bir qator davlatlaridagi TOP-1000 talikka kiruvchi universitetlar ta’lim jarayoni hamda ilmiy laboratoriyalari bilan tanishish va Jahon Barqaror Energiya kunlarida ma’ruza bilan ishtirok etish maqsadida xizmat safariga jo‘nab ketishdi.

30-mart kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari Yevropaning eng ilg‘or Polsha davlatida joylashgan Energetika ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi. Diqqatga sazovor jihati markazdagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida mavjud qurilmalar bilan tanishish jarayonida universitetimiz delegatsiya a’zolariga shaxsan markazning bosh direktori professor Wojciech Nowak hamrohlik qildi. Tashrif davomida markazdagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida 2 kunlik amaliy tajribalar o‘tkazish va universitetimizda ham shu kabi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro ikki tomonlama og‘zaki kelishuvga erishildi. Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining xizmat safari davom etmoqda